O'tguncha premium: kafolat shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-10-29
“O’tguncha premium” kafolati Haydar ilovasida imtihonga tayyorlangan, ammo real imtihondan o’ta olmagan foydalanuvchiga Premium muddatini bepul uzaytirib beradi. Ushbu sahifa kafolat shartlarini belgilaydi va Foydalanish shartlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
1. Kafolat nima beradi
- Kafolat faqat Premium kunlarini beradi. Pul qaytarilmaydi va boshqa hech qanday to’lov qilinmaydi.
- Har bir ariza uchun Premium 30 kunga uzaytiriladi.
- Bitta hisob uchun jami 60 kungacha beriladi.
2. Kimga amal qiladi
Kafolat Premium’ni pul to’lab sotib olgan foydalanuvchiga amal qiladi. Quyidagi tariflar hisobga olinadi: 1 oy, 3 oy, 6 oy va 1 yil.
Kafolat amal qilmaydi:
- 1 haftalik va 2 haftalik tariflarga;
- 100% chegirmali promo-kod orqali olingan Premium’ga;
- Google Play yoki App Store’dagi bepul sinov muddatiga;
- puli qaytarilgan (refund qilingan) xaridga.
3. Ariza berish shartlari
Ariza berishdan oldin quyidagi shartlarning hammasi bajarilgan bo’lishi kerak:
- 1 oylik, 3 oylik, 6 oylik yoki 1 yillik tarifni birinchi marta pul to’lab sotib olganingizdan beri kamida 7 kun o’tgan.
- Ilovadagi imtihonga tayyorlik kamida 90%.
- Oxirgi 14 kun ichida imtihon rejimida kamida 10 ta sinov imtihonidan o’tgansiz.
- Oldingi arizadan beri kamida 14 kun o’tgan (birinchi arizaga tegishli emas).
Har bir yangi ariza uchun sinov imtihonlari qaytadan hisoblanadi: faqat oldingi arizadan keyin topshirilgan imtihonlar hisobga olinadi.
Shartlarning joriy qiymatlari va ularning qaysi biri bajarilgani ilovada ko’rsatiladi: Profil → “Kafolat holati”. Ilovada ko’rsatilgan qiymatlar amal qiladi.
4. Qanday ariza beriladi
Real imtihondan o’ta olmasangiz, ilovada Profil → “Kafolat holati” → “Yiqildim” tugmasini bosing va arizani tasdiqlang. Ariza halollik asosida qabul qilinadi: imtihon natijasining hujjati yoki rasmi so’ralmaydi.
Qo’shimcha kunlar joriy Premium muddatingiz tugagan kundan boshlanadi. Premium faol bo’lmasa, ariza tasdiqlangan paytdan boshlanadi.
5. Avtomatik yangilanadigan obunalar
Google Play yoki App Store orqali obuna bo’lgan bo’lsangiz, ariza berishdan oldin do’kon sozlamalarida avtomatik yangilanishni o’chiring. Aks holda do’kon obunani yangilab, to’lovni yechadi va kafolat kunlari har bir yangilanishdan keyinga suriladi.
6. Suiiste’mol
Kafolat halollikka asoslanadi. Ariza aldov yo’li bilan berilgani aniqlansa, operator berilgan kunlarni bekor qilishi mumkin. Bekor qilingan kunlar 60 kunlik limitdan qaytarilmaydi.
7. Kafolat dasturidagi o’zgarishlar
Operator shart qiymatlarini o’zgartirishi yoki kafolat dasturini to’xtatishi mumkin. O’zgarishlar ilovada va ushbu sahifada e’lon qilinadi. Oldin berilgan Premium kunlari saqlanib qoladi.
8. Aloqa
support@haydar.uz yoki Telegram: @haydar_aloqa.
Matnlar o’rtasida farq bo’lsa, o’zbek tilidagi (lotin yozuvi) matn ustun hisoblanadi.