Yo'l harakati jarimalari
Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar. 1 BHM = 440 000 so'm · 2026-yil 1-sentabrdan.
65 ta jarima, 10 guruh
Tezlik 4
Tezlikni 20 km/soatgacha oshirish440 000 so'm
Qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat chegiriladi
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
128³-modda izohi
Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometri koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
Tezlikni 20–40 km/soat oshirish2 200 000 so'm
Qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat chegiriladi
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
128³-modda izohi
Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometri koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
Tezlikni 40–60 km/soat oshirish3 960 000 so'm
Qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat chegiriladi
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻqqiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
128³-modda izohi
Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometri koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
Tezlikni 60 km/soatdan ko'p oshirish6 600 000 so'm
Qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat chegiriladi
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
128³-modda izohi
Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometri koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
Svetofor 2
Qizil chiroqda to'xtash chizig'iga bosib kirish220 000 so'm
Kodeks matni
Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlari yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻxtash chizigʻini bosib kirish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Qizil chiroqqa yoki yo'l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga o'tib ketish1 320 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Harakat qoidalari 13
Trotuar yoki yashil maydondan yurish, belgi va chiziq talablariga rioya qilmaslik, bekat yoki piyodalar o'tish joyidan yurish, chiroqlar qoidasini buzish, loy sachratish440 000 so'm
Kodeks matni
Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, velosiped yoʻlkalaridan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan, ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) yurgizishi, yoʻl belgilari yoki yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmasligi (bundan ushbu Kodeksning 1283-moddasida, 1284-moddasining birinchi qismida, 1285, 1286, 1287 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), yuk avtomobillarida yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yoʻnalishli transport vositalari toʻxtaydigan bekatlardan yoki piyodalar oʻtish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Rul ortida telefondan foydalanish (garnitura yoki qo'l tegmaydigan aloqa mumkin)1 320 000 so'mOgohlantirish bilan cheklanishi mumkin
Kodeks matni
Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno), — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Rul ortida old monitorda video ko'rish440 000 so'mOgohlantirish bilan cheklanishi mumkin
Kodeks matni
Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida transport vositasi salonining old qismiga oʻrnatilgan monitordan (displeydan) foydalanish, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Mayoqcha va sirena bilan kelayotgan maxsus mashinaga yo'l bermaslik2 200 000 so'm
Kodeks matni
Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Qarama-qarshi tomonga chiqish yoki avariya holatini keltirib chiqarish4 400 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, yaʼni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Avtobus uchun ajratilgan tasmadan yurish440 000 so'm
Kodeks matni
Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Avtobus tasmasidan yurish — bir yil ichida takror1 320 000 so'm
Kodeks matni
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Odam tashish qoidalarini buzish880 000 so'm
Kodeks matni
Odam tashish qoidalarini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Quvib o'tish qoidalarini buzish1 320 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositalarini quvib oʻtish qoidalarini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Yo'l bezoriligi: drift, qatorni sababsiz 3+ marta keskin almashtirish, boshqalarga ataylab xalaqit11 000 000 so'mHaydovchilik huquqidan 1–2 yilga mahrum
Kodeks matni
Yoʻl bezoriligi, yaʼni transport vositalari haydovchilarining boshqa transport vositalarining harakatiga qasddan toʻsqinlik qilishi, harakatlanish burchagini va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantirishi (drift), oʻz yoʻnalishida harakatlanish boʻlagini sababsiz keskin ravishda uch va undan ortiq marta uzluksiz oʻzgartirishi (bundan maxsus ajratilgan joylarda sodir etish mustasno) yoki yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi yoxud transport vositasida yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan boshqa xatti-harakatlarni namoyishkorona sodir etishi, — transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Yo'l bezoriligi — huquqsiz yoki huquqdan mahrum shaxs22 000 000 so'mYoki 15 sutka qamoq
Kodeks matni
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Guruh bo'lib xavfli harakat qilishda qatnashish2 200 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Temir yo'l kesishmasidan o'tish qoidalarini buzish2 200 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining temir yoʻlning oʻtish joylaridan oʻtish qoidalarini buzishi — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
To'xtash 1
To'xtash yoki to'xtab turish qoidalarini buzish880 000 so'mOgohlantirish bilan cheklanishi mumkin
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Mastlik 7
Mast holda yoki giyohvandlik ta'sirida boshqarish17 600 000 so'mHaydovchilik huquqidan 3 yilga mahrum
Kodeks matni
Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarishi, — transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Mast holda boshqarish — haydovchilik huquqi yo'q shaxs22 000 000 so'mYoki 15 sutka qamoq
Kodeks matni
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Mastlikni tekshirishdan bo'yin tovlash13 200 000 so'mHaydovchilik huquqidan 3 yilga mahrum
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida ekanligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, — transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Tekshiruvdan bo'yin tovlash — haydovchilik huquqi yo'q shaxs22 000 000 so'mYoki 15 sutkagacha qamoq
Kodeks matni
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Mas'ul shaxs mast yoki huquqsiz haydovchiga boshqarishga yo'l qo'yishi13 200 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositalaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari, shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yoʻl qoʻyish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Mashina egasi bila turib rulni mast odamga berishi13 200 000 so'mHaydovchilik huquqidan 2–3 yilga mahrum
Kodeks matni
Transport vositasining egasi yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan bila turib mastlik holatidagi yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari, shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostidagi shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish, — transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Rulni mast odamga berish — bir yil ichida takror22 000 000 so'mYoki 15 sutka qamoq
Kodeks matni
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Hujjatlar va raqam 6
Foydalanish taqiqlangan yoki davlat raqami o'zboshimcha yechilgan mashinani boshqarish2 200 000 so'm
Kodeks matni
Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi oʻzboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125-modda izohi
Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
Boshqa mashinaning davlat raqami bilan yurish4 400 000 so'm
Kodeks matni
Davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli boʻlmagan transport vositasini boshqarish — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125-modda izohi
Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
Hujjatlar yonida yo'q: guvohnoma, texpasport, OSAGO polisi, tonirovka ruxsati va boshqalar440 000 so'm
Biometrik pasport yoki ID-karta bo'lsa, guvohnoma, texpasport, polis va tonirovka ruxsatini olib yurish shart emas
Kodeks matni
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi, oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet eldan olib kirilgan transport vositasi uchun bojxona organlari tomonidan berilgan hujjatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yoʻl varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilar uchun, shu jumladan yoʻlovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilar uchun malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati (bundan transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan eʼtiboran ikki yillik davr mustasno) yonida boʻlmagan holda, xuddi shuningdek transport vositalarini olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona organlari tomonidan berilgan tegishli belgilar qoʻyilgan hujjatlarining muddati oʻtgan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
135-modda izohi
Haydovchining yonida Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasini oʻz yonida olib yurishi talab etilmaydi.
Haydovchilik huquqisiz boshqarish yoki rulni huquqsiz odamga berish2 200 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan yoxud aynan shu transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
135-modda izohi
Haydovchining yonida Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasini oʻz yonida olib yurishi talab etilmaydi.
Huquqdan mahrum qilingan holda boshqarish22 000 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
135-modda izohi
Haydovchining yonida Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasini oʻz yonida olib yurishi talab etilmaydi.
OSAGO polisida ko'rsatilmagan davrda yoki polisda yo'q haydovchi boshqarishi220 000 so'mOgohlantirish bilan cheklanishi mumkin
Kodeks matni
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi shuningdek faqat mazkur sugʻurta polislarida koʻrsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi toʻgʻrisida mazkur sugʻurta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Mashina va jihozlar 8
Xavfsizlik kamarini taqmaslik (mototsiklda — dubulg'a kiymaslik)220 000 so'mOgohlantirish bilan cheklanishi mumkin
Kodeks matni
Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl va mopedlar haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125-modda izohi
Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
Ro'yxatdan yoki texko'rikdan o'tmagan, taqiqlovchi nosozligi bor mashina; o't o'chirgich, aptechka, avariya belgisi, nur qaytaruvchi kamzul yoki oyna sindiruvchi bolg'acha yo'q220 000 so'mOgohlantirish bilan cheklanishi mumkin
11.12.2026 dan shovqin bu qismdan 3-qismga (1 BHM) o'tadi
Kodeks matni
Haydovchilarning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi boʻlgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha bilan jihozlanmagan, oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida toʻxtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarini boshqarishi, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125-modda izohi
Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
Tormoz, rul yoki ulash qurilmasi nosoz, ruxsatsiz qayta jihozlangan mashina440 000 so'm
11.12.2026 dan shovqin me'yoridan oshgan mashina ham shu yerga kiradi
Kodeks matni
Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi boʻlgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125-modda izohi
Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
Gaz (metan, propan) bilan yuradigan mashinada xavfsizlik qoidalarini buzish2 200 000 so'm
- Fuqarolar uchun
- 2 200 000 so'm · 5 BHM
- Mansabdor shaxslar uchun
- 4 400 000 so'm · 10 BHM
Kodeks matni
Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Ruxsatsiz tonirovka yoki ko'rinishni to'suvchi qoplama11 000 000 so'm
Kodeks matni
Texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Tonirovka — bir yil ichida takror17 600 000 so'm
Kodeks matni
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Sababsiz signal chalish, zavod ko'zda tutmagan ovoz yoki yorug'lik qurilmasi o'rnatish1 320 000 so'm
Kodeks matni
Tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni oʻrnatish, xuddi shuningdek ularni oʻzgartirib oʻrnatish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Ruxsatsiz maxsus signal yoki mayoqcha, davlat raqamini to'suvchi narsa yoki qoplama440 000 – 1 320 000 so'mQurilma musodara qilinadi
- Fuqarolar uchun
- 440 000 – 1 320 000 so'm · 1–3 BHM
- Mansabdor shaxslar uchun
- 1 320 000 – 2 200 000 so'm · 3–5 BHM
Kodeks matni
Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni oʻrnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan turli ashyolar oʻrnatish va qoplama surtish — ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
YTH 4
YTH: yengil tan jarohati yoki katta (5 BHM dan ortiq) moddiy zarar2 200 000 – 3 080 000 so'mYoki huquqdan 1–3 yilga mahrum
Jarohat bo'lmasa va haydovchilar xabarnoma (evroprotokol) tuzsa, jarima qo'llanmaydi
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, bundan jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga olib kelmagan yoʻl-transport hodisasi sodir etilganda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
133-modda izohi
Ancha miqdordagi moddiy zarar deganda, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdoridan oshib ketgan zarar tushuniladi.
YTH: mashina yoki mol-mulk shikastlangan (zarar 5 BHM gacha)880 000 – 1 760 000 so'mYoki huquqdan 6 oy–1 yilga mahrum
Yo'l jihozlariga zarar bo'lmasa va xabarnoma (evroprotokol) tuzilsa, jarima qo'llanmaydi
Kodeks matni
Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yoʻl-transport hodisasi sodir etilganda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
YTH joyidan qoidani buzib ketib qolish6 600 000 so'm
Kodeks matni
Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Jarohat yoki katta zarar bo'lgan YTH joyidan ketib qolish13 200 000 so'mYoki huquqdan 3 yilga mahrum yoki 15 sutkagacha qamoq
Kodeks matni
Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yoʻl-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum etishga yoxud oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Piyoda, skuter, velosiped 7
Tekshiruvdan bo'yin tovlash — skuter, moped, velosiped yoki arava haydovchisi1 320 000 so'm
Kodeks matni
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning skuterni, mopedni, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Piyoda: svetoforga bo'ysunmaslik, noto'g'ri joydan o'tish, o'tishda telefon; skuter/velosipedchi belgi va signallarga rioya qilmasligi146 667 so'mOgohlantirish bilan cheklanishi mumkin
Kodeks matni
Piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ularning yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtishi, piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxslarning hamda yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya etmasligi, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Haydovchilarga xizmat ko'rsatish uchun yo'lda turish, yo'l bo'yida mol boqish220 000 so'mOgohlantirish bilan cheklanishi mumkin
Kodeks matni
Haydovchilarga har xil xizmat koʻrsatish maqsadida yoʻlning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yoʻllarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Piyoda yoki skuterchining qoidabuzarligi avariya holatini keltirib chiqarsa440 000 so'm
Kodeks matni
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Yo'lovchi harakatda tana qismlarini (qo'ldan tashqari) tashqariga chiqarishi440 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yoʻlovchi tomonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) salondan chiqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Nur qaytargich va chiroqsiz skuter/velosiped, skuterda odam tashish220 000 so'm
Kodeks matni
Belgilangan tartibda nur qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlanmagan individual harakatlanish vositalarini, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Skuter, moped yoki velosipedni mast holda boshqarish1 320 000 so'm
Kodeks matni
Skuter, moped, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast boʻlgan holda yoʻl harakati qoidalarini buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Yuk va tijorat tashish 13
Xalqaro va 400 km+ shaharlararo tashishda taxografsiz yurish, mehnat-dam olish rejimini buzish3 080 000 so'm
Kodeks matni
Xalqaro avtomobil tashuvlarini hamda M3 va N3 toifali avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharlararo (400 km va undan ortiq masofada) tashishni raqamli nazorat uskunalarisiz (taxografsiz, nosoz taxografdan foydalangan holda yoki taxografni oʻchirib qoʻygan holda, haydovchining taxografda foydalaniladigan kartaga ega boʻlmagan holatida) amalga oshirish, shuningdek xalqaro va shaharlararo avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125-modda izohi
Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
Tashkilot mashinasini ishdan tashqari vaqtda maxsus joyda saqlamaslik440 000 so'm
- Fuqarolar uchun
- 440 000 so'm · 1 BHM
- Mansabdor shaxslar uchun
- 880 000 so'm · 2 BHM
Kodeks matni
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda saqlash — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125-modda izohi
Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
Yo'l varaqasi, yuk xati, chipta-hisob talablarini buzish880 000 so'm
- Fuqarolar uchun
- 880 000 so'm · 2 BHM
- Mansabdor shaxslar uchun
- 1 320 000 so'm · 3 BHM
Kodeks matni
Yuk avtotransportida tovar-transport yuk xatlarini, xalqaro yuk tashishda yoʻl varaqalarini, shuningdek yoʻlovchilar avtotransportida chipta-hisob va yoʻl varaqalarini yuritish boʻyicha belgilangan talablarni buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125-modda izohi
Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
Yuk tashish yoki shatakka olish qoidalarini buzish4 400 000 so'm
Kodeks matni
Yuk tashish qoidalarini, xuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125¹-modda izohi
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda oʻlchash asbobidagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, oʻlchash asbobida qayd etilgan gabarit va vazn parametrlaridan ikki foizli farq chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
Gabarit yoki vazn me'yordan 10% gacha ortiq4 400 000 so'm
O'lchovdan 2% chegiriladi
Kodeks matni
Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan oʻn foizgacha ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125¹-modda izohi
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda oʻlchash asbobidagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, oʻlchash asbobida qayd etilgan gabarit va vazn parametrlaridan ikki foizli farq chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
Gabarit yoki vazn me'yordan 10–20% ortiq6 600 000 so'm
O'lchovdan 2% chegiriladi
Kodeks matni
Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan oʻn foizdan yigirma foizgacha ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125¹-modda izohi
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda oʻlchash asbobidagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, oʻlchash asbobida qayd etilgan gabarit va vazn parametrlaridan ikki foizli farq chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
Gabarit yoki vazn 20% dan ortiq, ruxsatsiz og'ir/xavfli yuk, ruxsatnomadagi yo'nalishdan chiqish8 800 000 so'm
O'lchovdan 2% chegiriladi
Kodeks matni
Tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish, yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan yigirma foizdan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan harakat yoʻnalishidan chetga chiqish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
125¹-modda izohi
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda oʻlchash asbobidagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, oʻlchash asbobida qayd etilgan gabarit va vazn parametrlaridan ikki foizli farq chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
Xorijiy mashinada O'zbekiston ichida yuk/yo'lovchi tashish (kabotaj)8 800 000 so'm
Kodeks matni
Xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida tashish (kabotaj), agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Xalqaro tashishda ruxsatnomasiz yurish yoki tranzit yo'nalishga rioya qilmaslik8 800 000 so'm
Kodeks matni
Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlarda tashish bilan avtotransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab oʻtishi va tegishli tashish turini amalga oshirishi huquqini beruvchi ruxsatnomasiz shugʻullanish, ruxsatnoma toʻldirish boʻyicha talablarni buzish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakatlanish uchun moʻljallangan yoʻnalishlarga rioya etmaslik, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Muntazam yo'nalishda guvohnomasiz yo'lovchi tashish, tarifni oshirish, jadval yoki sxemadan chiqish1 320 000 so'm
Kodeks matni
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma yonida boʻlmagan holda yoʻlovchi tashish, belgilangan yoʻl haqi tariflarini oshirish, muntazam yoʻnalish boʻyicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, tasdiqlangan yoʻnalish sxemasidan chetga chiqish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Avtobusda shart bo'lgan IIO hamrohligisiz odam tashish2 200 000 so'm
Kodeks matni
Avtobus va mikroavtobuslarda ichki ishlar organlarining hamrohligisiz odam tashish, agar ularning hamrohligida odam tashish shart boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Mas'ul shaxs ro'yxatdan/texko'rikdan o'tmagan mashinani yo'lga chiqarishi880 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Mas'ul shaxs nosoz yoki ruxsatsiz qayta jihozlangan mashinani yo'lga chiqarishi2 200 000 so'm
Kodeks matni
Transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan nosozligi boʻlgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.lex.uz da ochish
Matn 2026-yil 4-noyabr holatiga
Manba: Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks (lex.uz), 2026-yil 4-noyabr holatiga. Jarima miqdori BHM orqali hisoblanadi.
Qoidani bilsangiz, jarima yo'q
Haydar ilovasidagi «Jarimalar» bo'limida har bir jarimaning summasi va kodeks matni doim qo'lingizda. Qoidalarni o'rganing va imtihonga tayyorlaning.
Ilovani yuklab olish